Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

KPI bo ‘yicha ustama


KPI bo ‘yicha ustama

Xalqaro tajribada davlat xizmatining samaradorlik ko‘rsatkichlari KPI - Key Performance Indicator – Eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari orqali baholanib kelinadi.

Uning mohiyati korxona o'z maqsadlariga erishish yo'lida xodimga muayyan ishni bajartirib haq to'lashida namoyon bo'ladi. Siz KPI uchun muayyan mehnat qilasiz, ter to'kasiz. Mehnat huquqidagi oltin qoida shuki, har qanday mehnatga haq to'lanishi kerak.

Mehnat kodeksining 299-moddasiga ko'ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.

KPI yuqoridagilar toifasiga kirmaydi. Shuni uchun sizning "KPI"ingizdan 30 foiz jarima ushlab qolinmaydi. Ish beruvchining xatti-harakatlari qonunga zid.

Olmaliq shahar adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Ashurova Matluba