Янгиликлар
Xodimni sog'lig'iga ko'ra ishdan bo'shatishga to'g'ri kelyapti. TMEK xulosasi bor. Mehnat kodeksining qaysi. Moddasi bilan ishdan bo'shatilsa to'g'ri bo'ladi?
Xodimni sog'lig'iga ko'ra ishdan bo'shatishga to'g'ri kelyapti. TMEK xulosasi bor. Mehnat kodeksining qaysi. Moddasi bilan ishdan bo'shatilsa to'g'ri bo'ladi?
Ushbu vaziyatda xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 168-moddasi birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan asos “qonunchilikka muvofiq mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi (xodimning belgilangan tartibda berilgan tibbiy xulosaga muvofiq mehnat faoliyatiga to‘liq qobiliyatsiz deb e’tirof etilganligi, shuningdek davlat sirlaridan foydalanish huquqi bekor qilinganligi, agar bajarilayotgan ish shunday foydalanish huquqini talab qilsa, muayyan ishni bajarishga doir ruxsatnomadan yoki litsenziyadan mahrum etilganligi va boshqalar)”ga ko’ra bekor qilinadi. Ya’ni xodim yuqoridagi modda bo’yicha ishdan bo’shatiladi.
Olmaliq shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Ashurova Matluba