Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Men TATUni tugatdim. Maktabda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan dars bersam bo’ladimi?


Men TATUni tugatdim. Maktabda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan dars bersam bo’ladimi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4851-son “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni it-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori 14-bandiga ko’ra https://lex.uz/docs/-5032128, oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturi doirasida psixologiya-pedagogika fanlarini o‘rgangan informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi bitiruvchilariga ixtisoslashtirilgan maktablar va umumta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini o‘qitishga ruxsat berilgan.

✅ Demak, agar Siz o‘quv dasturi doirasida psixologiya-pedagogika fanlarini o’rgangan bo’lsangiz dars berishingiz mumkin. Yana bir jihatga e’tibor qaratinglar, informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi bitiruvchilariga ya’ni o’qishni bitirganlar nazarda tutilmoqda, bu degani informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishining 3-4 kurs talabasi maktabda informatikadan dars bera olmaydi.

⚠️ Qiyoslash uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qaroriga 1-ilova “Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risida” Nizomning 9-bandiga qaraymiz https://lex.uz/docs/-3098964, yuriskonsult yordamchisi lavozimida oliy yoki o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoxud Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxs, shuningdek, oliy ta’lim muassasasining “Yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavriat bosqichining bitiruvchi kursi talabasi yoki magistranti ishlashi mumkin. E’tibor berdingizmi bu yerda bitiruvchi emas balki bitiruvchi kursi talabasi deyilmoqda. Bu holatda masalan, Yuridik universitetning 4-kurs talabasi yuriskonsult yordamchisi lavozimida ishlashi mumkin.

Olmaliq shahar adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Ashurova Matluba