Янгиликлар
bir guruh ko’zi ojizlar nomidan savol yo’llamoqdamiz. Koʼzi ojiz oʼqituvchiga biriktiriladigan tarjimon kotiba (referent) malaka talablari qanday? O’rta maxsus ma’lumotga ega shaxs tarjimon kotiba (referent) bo’lib ishlashi mumkinmi?
bir guruh ko’zi ojizlar nomidan savol yo’llamoqdamiz. Koʼzi ojiz oʼqituvchiga biriktiriladigan tarjimon kotiba (referent) malaka talablari qanday? O’rta maxsus ma’lumotga ega shaxs tarjimon kotiba (referent) bo’lib ishlashi mumkinmi?
Xalq ta’limi vazirligining Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda imzolagan 406-sonli buyrug‘ida ko‘zi ojiz o‘qituvchilar ishlaydigan maktablarda qo‘shimcha tarjimon-kotiba lavozimi kiritilishi mumkinligi qayd etilgan . Bunda ko‘zi ojiz o‘qituvchilar dars beradigan maktabda har 2 nafar ko‘zi ojiz o‘qituvchi uchun 1,0 birlik tarjimon-kotiba lavozimi kiritiladi. Maktabda 1 nafar ko‘zi ojiz o‘qituvchi ishlagan hollarda 1,0 birlik tarjimon-kotiba lavozimi kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 16 - avgustdagi 247-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) rahbar va xodimlarining malaka tavsiflari”ga ko’ra, koʼzi ojiz oʼqituvchiga biriktiriladigan tarjimon kotiba (referent) lavozimining malaka tavsiflariga ko’ra, tarjimon kotiba (referent) oliy, bakalavr diplomiga ega bo'lishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi) kerak edi. Bundan tashqari, chet tili mutaxassisligi talab etilar edi.
Ushbu malaka tavsiflari o’zgartirish kiritilibdi. Endi koʼzi ojiz oʼqituvchiga biriktiriladigan tarjimon kotiba (referent) lavozimining malaka tavsiflariga ko’ra, tarjimon kotiba (referent) kamida o’rta maxsus yoki oliy, bakalavr diplomiga ega bo'lishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi) kerak. Mutaxassislik va mehnat staji talab etilmaydi.
???? Demak, o’rta maxsus ma’lumotga ega shaxs tarjimon kotiba (referent) bo’lib ishlashi mumkin. Mutaxassislik va mehnat staji talab etilmaydi.
Olmaliq shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Ashurova Matluba