Янгиликлар
Tabel aslida kim tomonidan imzolanishi shart? Huquqiy asosini ayta olasizmi?
Tabel aslida kim tomonidan imzolanishi shart? Huquqiy asosini ayta olasizmi?
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 17-dekabrdagi 105-son buyrug‘iga ilova “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning 285-bandiga ko’ra (https://lex.uz/docs/-1714689), ish haqini hisoblab yozish uchun quyidagilar asosiy hujjatlar hisoblanadi: tashkilotning ishga qabul qilganlik, bo‘shatganlik va xodimlarni tasdiqlangan shtatlar jadvali va ish haqi stavkalariga muvofiq joydan-joyga ko‘chirish haqidagi buyruqlari, 421-son shakldagi foydalanilgan ish vaqti hisobi va ish haqi hisoblash tabeli (mazkur Yo‘riqnomaning 55-ilovasi) (keyingi o‘rinlarda tabel deb yuritiladi) va boshqa hujjatlar.
Tabellar tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan shaxslar tomonidan har oyda belgilangan shaklda yuritiladi. Tabellar butun tashkilot bo‘yicha yoki tuzilmaviy bo‘linmalar (bo‘limlar, bo‘linmalar, fakultetlar, laboratoriyalar va boshqalar)ga bo‘lingan holda yuritiladi. Oyning oxirida tabel bo‘yicha ishlangan kunlarning umumiy miqdori, shuningdek, ortiqcha ishlangan soatlar aniqlanadi. To‘ldirilgan va tegishli imzolar bilan rasmiylashtirilgan tabellar, ishga qabul qilish va bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruqlardan ko‘chirma hamda boshqa (JShShIR, jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i, pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta ma’lumotlari va boshqa) ma’lumotlar tashkilotning kadrlar bo‘limi (xodimlar bilan ishlash bo‘linmasi yoki uning vazifasi yuklatilgan xodim) tomonidan “UzASBO” dasturiy majmuasiga kiritiladi hamda ish haqi hisoblash uchun buxgalteriyaga topshiriladi.
Olmaliq shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Ashurova Matluba