Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

6 kunliklar uchun 30-sentabr shanba ish vaqti kamida 1 soatga qisqaradimi, chunki ko’pchilik bayram dushanbaga ko’chgani hisobiga qisqarmaydi deyishmoqda. Shu to'g'rimi?


6 kunliklar uchun 30-sentabr shanba ish vaqti kamida 1 soatga qisqaradimi, chunki ko’pchilik bayram dushanbaga ko’chgani hisobiga qisqarmaydi deyishmoqda. Shu to'g'rimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

❌ Yo'q, noto'g'ri. MK 208-moddasi 2-qismiga dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. E’tibor bering ishlanmaydigan bayram kuni emas, balki dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi, ya’ni 1-oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni emas yakshanba dushanbaga ko’chirilyapti.

MK 187-moddasiga ko’ra, ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.

 

Shuning uchun ham 6 kunlik ish haftasidagilar 30-sentabr shanba kuni kamida 1 soat vaqtli ketishlari mumkin. Shanba o’zi shundoq ham qisqartirilgan ish kuni (“korotkiy den”), ana shu qisqartirilgan ish kuni yana kamida 1 soatga qisqaradi.

Diqqat! 5 kunliklar uchun juma kuni ish vaqti kamida 1 soatga qisqarmaydi, chunki bayram yakshanba kuniga to’g’ri kelmoqda, agar shanbaga to’g’ri kelganda 1 soatga qisqarar edi. Chunki MK 187-moddasida bayram arafasida deyilmoqda. Arafa bayramdan 1 kun oldingi kun hisoblanadi.

Olmaliq shahar adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Ashurova Matluba