Янгиликлар
Bolnichniy pulidan ham daromad solig’i ushlanadimi. Qizim kasal bo’lganda bolnichniyga chiqqandim, 12% soliq ushlashibdi?
"Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi"
Eski MK 16-bobi 282-294-moddalari davlat ijtimoiy sug‘urtasiga bag’ishlangan edi. Yangi MKda esa davlat ijtimoiy sugʼurtasi Mehnat kodeksining tartibga solish predmeti hisoblanmasligi sababli eski Mehnat kodeksining XVI bobi (Davlat ijtimoiy sugʼurtasi) va undagi 282-294-moddalar chiqarib tashlandi.
Davlat ijtimoiy sugʼurtasi boʼyicha munosabatlar Mehnat kodeksining tartibga solish predmetiga kiritilmagan, lekin quyidagi maxsus qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi va alohida sohaning predmetini tashkil etadi.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni https://lex.uz/docs/-112314#-126992
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qaroriga 1-ilova “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom https://lex.uz/docs/-6236060
“Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni https://lex.uz/docs/-390573
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-son qaroriga 1-ilova “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom https://lex.uz/ru/docs/-6411319
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qaroriga 1-ilova “Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom https://lex.uz/docs/-5688101
“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 1136 Nizom https://lex.uz/docs/-357102
“Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi 2667 Yo‘riqnoma https://lex.uz/docs/-2625878
Olmaliq shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Ashurova Matluba