Янгиликлар
Muddati tugaganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilinganda 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga kafolat bormi?
Muddati tugaganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilinganda 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga kafolat bormi?
Eski Mehnat kodeksi 237-moddasi 2-qismiga ko’ra, muddati tugaganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ish beruvchi homilador va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar ayollarni ishga joylashtirishi shart edi. Ishga joylashtirish davrida bu ayollarning ish haqi saqlanib qolinar, biroq bu muhlat muddatli mehnat shartnomasi tugagan kundan boshlab 3 oydan oshmasligi kerak edi. Bu qoidalar eski kodeksda edi. Bularni unutinglar))
⚠️ Yangi MKda esa butkul boshqacha qoidalar.
❗️Demak, yangi MK bo’yicha muddati tugaganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ish beruvchi 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni ishga joylashtirishi shart emas. Ya’ni muddati tugaganligi sababli mehnat shartnomasi 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar bilan MK 158-moddasiga ko’ra bekor qilinaveradi, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayolning 3 oygacha ish haqi ham, bola parvarishlash nafaqasini olish huquqi ham saqlanib qolmaydi. Agar ayol homilador bo’lsagina MK 408-moddasida (Mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida homilador ayollar uchun kafolatlar) kafolatlar bor. Batafsil: https://t.me/mehnathuquqi/4880
409-moddada nafaqa saqlanib qoladi deyilganku?
❗️409-moddaga chalg’imanglar. Unga ko’ra, 3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga faqat ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 1, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ularning bola parvarishlash nafaqasini olish huquqi saqlanib qoladi. Ya’ni 3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat shartnomasi 161-moddasi ikkinchi qismining 1, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha bekor qilingandagina, bola parvarishlash nafaqasini olish huquqi saqlanib qoladi. Bizning misolda esa shartnoma MK 158-moddasi bilan ya’ni muddati tugaganligi sababli bekor qilinmoqda.
Olmaliq shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Ashurova Matluba