Янгиликлар
Maktablarda Metod kunlar qayta joriy qilinadi?
Maktablarda Metod kunlar qayta joriy qilinadi?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyun kuinidagi PQ-231-son qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab pedagog va mutaxassis kadrlar kasbiy rivojlanishining uzluksizligini taʼminlash maqsadida barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida malaka oshirishning «Kasbiy rivojlanish soati», tayanch umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida esa, shuningdek, «Kasbiy rivojlanish kuni» kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Quyidagi hafta kunlari oʻqituvchilarga «Kasbiy rivojlanish kunlari» sifatida belgilanishi mumkin:
Dushanba — Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) fani;
Seshanba — Filologiya fanlari (Ona tili va adabiyot, Oʻzbek tili/rus tili);
Chorshanba — Tabiiy fanlar (fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot, tabiiy fan (Schienche);
Payshanba — Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya);
Juma — Xorijiy tillar;
Shanba — Amaliy fanlar va boshlangʻich taʼlim (tasviriy sanʼat, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, boshlangʻich taʼlim).
Bekobod tuman adliya bo’limi YXKM bosh yuriskonsulti X.M.Rizaqulov