Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

MAKTABDA KIMGA USTAMA, KIMGA MUKOFOT, KIMGA MODDIY YORDAM BERILAYOTGANLIGI BO’YICHA MA’LUMOTLAR, MAKTABNING BARCHA XODIMLARIGA YETIB BORISHI SHART.


MAKTABDA KIMGA USTAMA, KIMGA MUKOFOT, KIMGA MODDIY YORDAM BERILAYOTGANLIGI BO’YICHA MA’LUMOTLAR, MAKTABNING BARCHA XODIMLARIGA YETIB BORISHI SHART.

Bizga kelayotgan ma’lumotlarga ko‘ra ko‘p maktabning o‘qituvchi va xodimlari o‘zlari ishlayotgan  maktablarida kimlar ustama olishi, kimlarga moddiy rag‘bat berilganligi, kimlarga moddiy yordam berilganligi haqida umuman bilishmas ekan. 

Xo‘sh, aslidachi? Aslida ularga bu haqida kimdir aytishi kerakmi? Yoki, bu ma’lumotlar sir tutiladimi?

Bizga ma’lumki Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga asosan ishchi guruh chiqargan qarorlar haqida maktabning har bir xodimi bilishi kerak. Bu haqida nizomning 18-bandida aynan quyidagicha yozilgan:

“Umumta’lim muassasasining hammaga ko‘rinadigan joyidagi axborotlar stendi hamda maktabning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida Ishchi guruhning qarori to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar muntazam ravishda e’lon qilib boriladi.”

Soddaroq qilib aytganda, ishchi guruh qarori bilan hamma tanishishi kerakdir. Bundan tashqari, nizomda kimga ustama, kimga mukofot, kimga moddiy yordam berish haqidagi qaror pedagogik kengashda ham ko‘rilishi kerak. Yangi o‘quv yili boshlanishdan oldin ishchi guruh tomonidan 1-sonli pedkengashda kimlarga ustama tayinlanganligi haqida axborot berilishi kerak.

Agar maktablarda ishchi guruh qarorlari haqida hech kimni xabardor qilinmayotganligi holati bo‘lsa nizomning tegishli bandlari buzilgan hisoblanadi.

 

Bekobod tuman adliya bo’limi YXKM bosh yuriskonsulti X.M.Rizaqulov