Янгиликлар
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Amaldagi Mehnat kodeksining 2-moddasiga asosan Ushbu Kodeksning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
xodimlar mehnat huquqlari va erkinliklarining, shu jumladan mehnat qilishga, erkin ish tanlashga, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga hamda ishsizlikdan himoyalanishga bo‘lgan huquqining davlat kafolatlarini belgilash;
ish beruvchilarning kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va samarali mehnat jarayonini tashkil etish sohasidagi huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash;
mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni rag‘batlantirish va rivojlantirish;
xodimlar va ish beruvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
mehnat bozorining samarali faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashish.
Bekobod tuman adliya bo’limi YXKM bosh yuriskonsulti X.M.Rizaqulov