Янгиликлар
“Farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati” mavzusida tarbiya haftaliklari o‘tkaziladi
“Farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati” mavzusida tarbiya haftaliklari o‘tkaziladi
Qarorga muvofiq, 2024/2025 o‘quv yilidan:
- umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati” mavzusida tarbiya haftaliklari o‘tkaziladi;
- ota-onalarning farzand tarbiyasi borasidagi bilimini oshirishga qaratilgan “Namunali ota-onalar maktabi” loyihasi amalga oshiriladi.
2024 yil 1 dekabrgacha:
- o‘quvchilarda “huquqbuzarlikka qarshi immunitet”ni shakllantirishda “maktab – ota-ona – mahalla” hamkorligi zanjirini yaratish bo‘yicha ilmiy asoslangan o‘quv va ommabop uslubiy tavsiyalar ishlab chiqiladi;
- ota-onalarning farzand tarbiyasiga oid dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan xalqchil tildagi adabiyotlar yaratiladi.
2024 yil dekabr oyida “Tarbiya – shaxs madaniy-ma’naviy kamolotining mezoni” mavzusida xalqaro forum o‘tkaziladi.
2025 yil yakunigacha ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirish maqsadida “milliytarbiya.uz” elektron platformasi va uning mobil versiyasi ishlab chiqiladi.
Chinoz tumani adliya bo’limi
YUXKM boshlig’I R.Galiyev