Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

“Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-232-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi


“Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-232-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi

 

Qarorga ko‘ra, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini (Institut) tashkil etiladi.

Institut yangi tarbiya metodikalarini yaratish va amaliyotga joriy qilish bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi davlat muassasasi hisoblanadi hamda tarbiya sohasini takomillashtirishga oid ilmiy asoslantirilgan istiqbolli takliflar ishlab chiqadi.

Institut huzurida “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi”, “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” hamda “Ijtimoiy pedagogika” ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy kengashlar tashkil etiladi.

2025/2026 o‘quv yilidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich jahonda tan olingan ijtimoiy-emotsional ta’lim (Social and Emotional Learning – SEL) metodikalarini joriy qilinadi.

 

Chinoz tumani adliya bo’limi

YUXKM boshlig’I                                                                R.Galiyev