Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

KIMLAR IShGA KIRAYoTGANIDA ULARGA DASTLABKI SINOV MUDDATI BELGILANMAYDI?


KIMLAR IShGA KIRAYoTGANIDA ULARGA DASTLABKI SINOV MUDDATI BELGILANMAYDI?

 

Amaldagi Mehnat kodeksining 129-moddasiga ko‘ra, quyidagilar ishga qabul qilinganda ularga dastlabki sinov muddati belgilanmaydi

homilador va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);

zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar;

davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 3 oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

o‘zi bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;

18 yoshga to‘lmagan shaxslar;

ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar;

ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar;

jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.

 

Chinoz tuman adliya bulimi yuridik

xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                        M.A.Nurnazarov