Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

KIMLAR XORIJGA ChIQISh BIOMETRIK PASPORTINI OLIShDA DAVLAT BOJI TO‘LAMAYDI ?


KIMLAR XORIJGA ChIQISh BIOMETRIK PASPORTINI OLIShDA DAVLAT BOJI TO‘LAMAYDI ?

 

«Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, fuqarolar quyidagi hollarda xorijga chiqish biometrik pasporti berilganligi uchun davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi:

yaqin qarindoshlari vafot etgan yoki ular dafn etilgan joylarni ziyorat qilganda;

fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarga (bitimlarga) binoan ular xorij sudlariga fuqarolik va jinoyat ishlari yuzasidan taraflar, guvohlar va ekspertlar sifatida chaqirilgan taqdirda;

voyaga yetmagan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganda;

voyaga yetmagan shaxs ilm-fan, ta’lim, sport yoki madaniyat sohalaridan biridagi xalqaro tadbirda yoki musobaqada ishtirok etganda;

«Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan shaxsga, shuningdek, unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganda;

biometrik pasport O‘zbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning yonishi, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar tomonidan yo‘qotilgan yoxud yaroqsiz holga kelganda.

Davlat bojidan ozod etiladigan yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar sanab o‘tilgan har bir holatlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni so‘rovnomaga ilova qilishi lozim.

Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xorijga xizmat safariga yuboriladigan fuqarolarning xorijga chiqish huquqini beruvchi hujjatlar uchun davlat boji belgilangan tartibda ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan to‘lanadi.

 

Chinoz tuman adliya bulimi yuridik

xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                        M.A.Nurnazarov