Янгиликлар
ALIMENT PULI NEChTA BOLAGA QANChA TO‘LANIShI KERAK ?
ALIMENT PULI NEChTA BOLAGA QANChA TO‘LANIShI KERAK ?
Oila kodeksining 99-moddasiga asosan,
agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va boshqa daromadidan quyidagi miqdorlarda:
1 bola uchun — to‘rtdan bir qismi;
2 bola uchun — uchdan bir qismi;
3 va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi.
Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin.
Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori (Hozirgi kunda 1 050 000 so‘m)ning 26,5 foizi (278 250 so‘m) dan kam bo‘lmasligi kerak. Ya’ni, aliment to‘lovchi har bir nafar farzandiga eng kamida manashu 278 250 so‘mdan kam aliment to‘lashga haqli emas.
Chinoz tuman adliya bulimi yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.A.Nurnazarov