Янгиликлар
SUDLANGANLIK HOLATI QAChON TUGALLANGAN XISOBLANADI ?
SUDLANGANLIK HOLATI QAChON TUGALLANGAN XISOBLANADI ?
Jinoyat kodeksining 78-moddasiga asosan, shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:
shartli hukm qilinganlarga nisbatan — sinov muddati tugagan kundan boshlab;
majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach;
jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin bir yil o‘tgach;
ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin — ikki yil o‘tgach;
besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — to‘rt yil o‘tgach;
besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — yetti yil o‘tgach;
o‘n yildan ortiq, lekin o‘n besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — o‘n yil o‘tgach.
Chinoz tuman adliya bulimi yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.A.Nurnazarov