Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

“Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-229-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi


“Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-229-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi

 

        Qarorga ko‘ra, Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga (Akademiya) quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi, jumladan:

raqamli kriminalistika sohasida innovatsion tadqiqotlar olib borish, katta hajmdagi ma’lumotlar (“Big Data”), sun’iy intellekt va boshqa ilg‘or texnologiyalarni tahlil qilib, amaliyotga joriy etish;

huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlash, olib qo‘yish, saqlash va tadqiq qilish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari, tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini o‘tkazishda raqamli kriminalistika jihatidan amaliy yordam berish;

raqamli ekspertizaning zamonaviy texnologiyalari va vositalarini joriy etish.

        Akademiyaning Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi negizida Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti (Institut) tashkil etiladi.

2024 yil 1 avgustdan Institutga raqamli kriminalistika bo‘yicha sud ekspertizalari va tadqiqotlarni o‘tkazish huquqi beriladi.

Institut sud-ekspertlik faoliyati qamrovini kengaytirish maqsadida 2024 yil yakunigacha katta hajmdagi ma’lumotlar (“Big Data”) ekspertizasi o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yadi.

“Raqamli dalillar yagona reestri” idoralararo avtomatlashtirilgan tizimining sinov versiyasi 2025 yil 1 martgacha, 2025 yil 1 avgustgacha to‘liq versiyasi joriy etiladi.

 

Chinoz tumani adliya bo‘limi YuXKM

Bosh yuriskonsulti

                                                                                                F.Allaberganov