Янгиликлар
Qonunchilikka ko‘ra, jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sgan holda bo‘lish, BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 400 ming so‘mdan 5 mln 100 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘l
Qonunchilikka ko‘ra, jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sgan holda bo‘lish, BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 400 ming so‘mdan 5 mln 100 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bundan tibbiy ko‘rsatmaga asosan yoki yo‘l-transport harakatida xavfsizlikni ta’minlash uchun kiyiladigan maxsus bosh kiyimda yoxud mehnat va xizmat faoliyati bilan bog‘liq hollarda yuzini to‘sgan holda bo‘lish yoki sport va madaniy tadbirlarni o‘tkazish vaqtida ushbu tadbirlar ishtirokchilarining yuzini to‘sgan holda bo‘lishi, shuningdek qonunchilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruxsat etilgan boshqa holatlarda yuzini to‘sgan holda bo‘lish mustasno.
Chinoz tumani adliya bo‘limi YuXKM
Bosh yuriskonsulti
F.Allaberganov