Янгиликлар
Ish haqi undirildi
Ish haqi undirildi
Toshkent tumani adliya bo‘limi tomonidan Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ICHB DUK Toshkent tumani “Issiqlik manbai” uchastkasida ishlab kelayotgan fuqaro A.R.Salixov va 23 nafar xodimlarning to‘lanmay qolgan oylik ish haqini undirishda amaliy yordam berishni so‘rab yo‘llagan murojaatlari o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida jami 24 nafar xodimlar 2022-yildan buyon Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ICHB DUK Toshkent tumani “Issiqlik manbai” uchastkasida turli lavozimida ishlab kelayotganligi aniqlandi.
Biroq yuqoridagi xodimlarga Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ICHB DUK Toshkent tumani “Issiqlik manbai” uchastkasi tomonidan 6 oylik ish haqi to‘lanmay kelinmayotganligi aniqlandi. Tashkilot tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnomaga ko’ra bugungi kunda jami 284 785 (ikki yuz sakson to‘rt million yetti yuz sakson besh) so‘m miqdoridagi ish haqi xodimlarga to’lab berilmaganligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 161-moddasiga ko‘ra, mehnatga haq to‘lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ-huquqiy hujjatda belgilab qo‘yiladi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lmasligi lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining va 161-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985, 1021 va 1022-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining
329-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.03.2002 yildagi 88-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2019 yil 5 yanvardagi “Adliya va sud organlarining hamkorlikdagi faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan” Qo‘shma ko‘rsatmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi yildagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga asosan Toshkent viloyati “ISSIQLIK MANBAI ICHB” DUK hisobidan 24 nafar xodimlarning foydasiga 284 785 (ikki yuz sakson to‘rt million yetti yuz sakson besh) so‘m miqdoridagi oylik ish haqidan qarzdorligini undirib berishni so‘rab Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudiga jami so‘mlik 24 ta da’vo arizalar kiritildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudi tomonidan kiritilgan so‘lik da’vo arizalar qanoatlantirildi va javobgar “Issiqlik manbai” ICHB DUK jami so‘mlik ish haqi undirish choralari ko‘rildi.
Toshkent tumani adliya bo‘limining
YuXKM bosh yuriskonsulti B. Raximov