Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Kimlar pedagogik faoliyat bilan shugʻillanishi mumkin emas?


Kimlar pedagogik faoliyat bilan shugʻillanishi mumkin emas?

 

"Pedagogning maqomi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-901-son Qonunga koʻra, quyidagi shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi:

 

qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar;

 

qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;

 

pedagogik faoliyatni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklari boʻlgan shaxslar;

 

psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslar.

 

Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlarga qabul qilish man etiladi.

 

Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

boshlig‘i Sh.Ro‘zieva