Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Xodimning ish haqidan majburiy ushlab qolish mumkinmi?


Xodimning ish haqidan majburiy ushlab qolish mumkinmi?

 

Mehnat kodeksining 269-moddasi 2-qismida xodimni ish haqidan majburiy ushlab qolish holatlari koʻrsatilgan.

 

Unga koʻra:

 

"Quyidagi hollarda, xodimning yozma roziligidan qatʼi nazar, ish haqidan ushlab qolish amalga oshiriladi:

 

1. Soliqlar va yigʻimlarni undirish uchun;

 

2. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan sud qarorlarini va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun, shuningdek vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarish uchun;

 

3. Ish haqi hisobiga berilgan boʻnakni ushlab qolish uchun, boshqa joydagi ishga koʻchib oʻtganligi munosabati bilan xoʻjalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga berilgan, sarflanmagan va oʻz vaqtida qaytarilmagan boʻnakni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar oqibatida ortiqcha toʻlangan summalarni qaytarib olish uchun. Bunday hollarda ish beruvchi boʻnakni qaytarish, qarzdorlikni toʻlash uchun belgilangan muddat tamom boʻlgan kundan yoki toʻlov notoʻgʻri hisoblab chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay ushlab qolish haqida buyruq chiqarishga haqli. Agar bu muddat oʻtib ketgan boʻlsa yoki xodim boʻnakni toʻlash uchun ushlab qolish asoslariga yoxud miqdoriga eʼtiroz bildirayotgan boʻlsa, qarzni toʻlash sud tartibida amalga oshiriladi;

 

4. Hodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning oʻrtacha oylik ish haqidan oshmasa;

 

5. Ushbu Kodeks 312-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan jarimani undirish uchun;

 

6. Hodim qaysi ish yili hisobiga taʼtil olib boʻlgan boʻlsa, oʻsha yil tugaguniga qadar mehnat shartnomasi bekor qilinganda taʼtilning ishlab berilmagan kunlari uchun."

 

Demak, ish beruvchi sizni oylik ish haqqizdan faqatgina Mehnat kodeksining 269-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan asoslar boʻlsagina ushlab qolishi mumkin. Agar sizda yuqoridagi holatlar boʻlmasa, Siz Adliya boʻlimiga murojaat qilib notoʻgʻri ushlab qolingan ish haqqizni ish beruvchidan qaytarib olinishida amaliy yordam berishlarini soʻrashiz kerak.

 

Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

boshlig‘i Sh.Ro‘zieva