Янгиликлар
Qonuniy nikohni bekor qilish uchun sudga ariza berilganda toʻlanadigan davlat boji qancha va davlat bojini er-xotinning qaysi biri toʻlashi kerak?
Qonuniy nikohni bekor qilish uchun sudga ariza berilganda toʻlanadigan davlat boji qancha va davlat bojini er-xotinning qaysi biri toʻlashi kerak?
"Davlat boji toʻgʻrisida"gi OʻRQ-600-son qonunga koʻra,
nikohni bekor qilish haqidagi daʻvo arizalari berganlik uchun qoida tariqasida ariza bergan tarafdan BHM (340 000) ning 2 baravari (680 000 soʻm);
Takroriy (Ikkinchi qonuniy nikoh) nikohni bekor qilish haqidagi daʻvo arizalaridan BHMning 4 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Ushbu boj miqdorini daʻvo ariza bergan taraf toʻlaydi, agar er va xotin birgalikda ariza bergan boʻlsa, davlat bojini ham birgalikda toʻlaydi.
Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i Sh.Ro‘zieva