Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Zarur ruxsatnoma olmasdan qurilgan imorat oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi


Zarur ruxsatnoma olmasdan qurilgan imorat oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi

 

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 212-moddasiga koʻra, qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki oʻzga koʻchmas mulk oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi.

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat aniqlangan taqdirda ushbu imoratni qurgan shaxsga mazkur qurilishning noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar beriladi hamda imoratni 15 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish (buzib tashlash) toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.

 

 

Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti A.Kazimbayev