Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Ijtimoiy nafaqa oluvchi oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz shaxslarga kompensatsiya toʻlovi joriy etilgan.


Ijtimoiy nafaqa oluvchi oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz shaxslarga kompensatsiya toʻlovi joriy etilgan.

 

Bunda, ijtimoiy nafaqa oluvchi oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz shaxslar uchun har oylik kompensatsiya toʻlovi — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida (167 ming 400 soʻm) toʻlanadi.

Shuningdek, yoshi 100 ga toʻlgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi (372 ming soʻm) miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilangan.

Bunda, 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar nafaqasiga har oyda toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlov pensiya va nafaqa tayinlagan tashkilot orqali moliyalashtiriladi.

Kompensatsiya toʻlovi, uni olish huquqiga ega boʻlgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga, ushbu shaxslarning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qatʼi nazar toʻlab boriladi.

 

 

Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti S.Kamalov