Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

“Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:


“Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:

 

·        ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;

·        tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;

·        boquvchisi bo'lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;

·        ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo'lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;

·        uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;

·        qaramog'ida nogironligi bo'lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar.

“Ayollar daftari”ga xotin-qizlar yashab turgan joyi bo'yicha kiritiladi, bunda xotin-qizlarning yashash joyi bo'yicha doimiy yoki vaqtincha ro'yxatda turmasligi "Ayollar daftari"ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Tojiqulova Nazokat