Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Ijtimoiy himoya yagona reestriga kimlar kiritiladi?


Ijtimoiy himoya yagona reestriga kimlar kiritiladi?

Qonunchilikka ko'ra, "Ijtimoiy himoya yagona reestri"ga ("Yagona reestr" AT) oilaning 18 yoshga to'lgan ijtimoiy nafaqa olish istagida bo'lgan O'zbekiston fuqarosi, O'zbekistonda yashash guvohnomasiga ega bo'lgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslar kiritilishi belgilangan.

"Yagona reestr" ATga kiritish davlat xizmatlari markazi, YIDXP (my.gov.uz) orqali yoki "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun yig'im undirilmaydi (bepul xizmat ko'rsatiladi).

"Yagona reestr" ATga kiritilganlarga ijtimoiy nafaqalar "Xalq banki"ning tuman (shahar) bo'limlari tomonidan to'lanilishi belgilangan.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdug’apparov Abbos