Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Davlat xaridlari tizimining mobil ilovasi yaratiladi


Davlat xaridlari tizimining mobil ilovasi yaratiladi

 

“Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbirkorlik subyektlari ishtirokini rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorga muvofiq, 2024-yil 1-sentyabrdan:

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo'lgan xo'jalik jamiyatlari, shuningdek, ularning tarkibidagi xo'jalik jamiyatlari kuzatuv kengashlarining davlat xaridlari yillik va choraklik reja-jadvallari hamda import qilish rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro'yxatlarini tasdiqlash bo'yicha qarorlari muhim fakt sifatida oshkor qilib boriladi;

davlat xaridlari maxsus axborot portalida korporativ buyurtmachilarning ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo'ladigan tovarlarni mahalliylashtirish orqali kooperatsiya aloqalarini yo'lga qo'ymoqchi bo'lgan yuridik shaxslar tomonidan o'z takliflarini berish imkoniyati yaratiladi.

2024-yil 1-oktyabrgacha davlat xaridlari maxsus axborot portalida davlat buyurtmachilari amalga oshirgan davlat xaridlari natijalariga ko'ra tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan, ularning turlari kesimida shakllangan narxlarni jamoatchilik uchun ochiq ifodalovchi alohida sahifa joriy etiladi hamda davlat buyurtmachilariga ushbu sahifa asosida boshlang'ich narxni shakllantirish imkoniyati yaratiladi.

2024-yil 1-dekabrgacha davlat xaridlari tizimining mobil ilovalari yaratiladi.

Har yil yakuni bo'yicha keyingi yilning 1-apreligacha davlat xaridlari sohasida “Eng faol tadbirkor” hamda “Eng yaxshi buyurtmachi” tanlovlari o'tkaziladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdug’apparov Abbos