Янгиликлар
Yer tuzish loyihasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida
Yer tuzish loyihasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Yer Kodeksning 13-moddasida:- Ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini joyning o‘zida belgilashga doir materiallar, shuningdek istiqbolga mo‘ljallangan hamda loyihalash oldidan yer tuzish ishlariga doir boshqa materiallar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichidagi yer tuzish loyihalari qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari mol-mulkining mulkdorlari yoki ular vakolat bergan organlar tomonidan ko‘rib chiqiladi va qabul qilinadi, shuningdek manfaatdor tashkilotlar bilan kelishiladi.
Xo‘jaliklararo yer tuzish loyihalari viloyat va Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining ichki xo‘jalik yer tuzish loyihalari tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi. Yer tuzish loyihalariga o‘zgartishlar ushbu loyihalarni tasdiqlagan organlarning ruxsati bilan kiritiladi.
Yer tuzishni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi. Qishloq xo‘jalik ekinzorlarini joylashtirish, yerlarni yaxshilash va muhofaza qilish, eroziyaga qarshi va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish borasidagi yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq ular hisobidan amalga oshirilishi mumkin deb qayt etilgan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov