Янгиликлар
Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar to‘g‘risida
Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Yer Kodeksning 73-moddasida:- Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga kasalliklarning oldini olishni va ularni davolashni tashkil etish uchun qulay tabiiy omillarga, shifobaxsh hamda sog‘lomlashtirish xossalariga ega bo‘lgan, qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan yerlar kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Aholining davolanishi va dam olishi uchun zarur sharoitlarni, shuningdek tabiiy shifobaxsh hamda sog‘lomlashtirish xossalari muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda kurort tabiiy hududlarning rejimi belgilanadi.
Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi deb qayt etilgan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov