Янгиликлар
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar to‘g‘risida
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Yer Kodeksning 75-moddasida:- Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga moddiy madaniy meros ob’ektlarining yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Moddiy madaniy meros ob’ektining o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan o‘ziga xos xususiyatlarini va uning tarixiy muhitini saqlab qolish maqsadida unga tutash hududda muhofaza zonalari, imoratlar qurishni va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish zonalari, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalar belgilanadi.
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarni ajratish va ulardan foydalanish, ularga tutash hududlarda muhofaza zonalarini, imoratlar qurishni va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish zonalarini, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalarni belgilash va ularni muhofaza qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi deb qayt etilgan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov