Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Sotuvchining tovarni topshirish majburiyatini bajarish payti to‘g‘risida


Sotuvchining tovarni topshirish majburiyatini bajarish payti to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 390-moddasida:- Basharti, oldi-sotdi shartnomasida boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotuvchining sotib oluvchiga tovarni topshirish vazifasi quyidagi paytlarda bajarilgan hisoblanadi:

agar shartnomada sotuvchining tovarni yetkazib berish majburiyati nazarda tutilgan bo‘lsa, tovarni sotib oluvchiga yoki u ko‘rsatgan shaxsga topshirish paytida;

agar tovar sotib oluvchiga tovar turgan yerda berilishi lozim bo‘lsa, tovarni sotib oluvchi ixtiyoriga topshirish paytida. Shartnomada nazarda tutilgan muddatda tovar tegishli yerda sotib oluvchiga topshirish uchun tayyor bo‘lgan va sotib oluvchi shartnoma shartlariga muvofiq tovar topshirishga tayyor ekanligidan xabardor qilingan vaqtda tovar sotib oluvchi ixtiyoriga topshirilgan deb hisoblanadi. Agar tovarning shartnoma maqsadlariga mosligi tamg‘alash yoki boshqa yo‘l bilan tasdiqlangan bo‘lmasa, tovar topshirish uchun tayyor deb hisoblanmaydi.

Oldi-sotdi shartnomasidan sotuvchining tovarni sotib oluvchiga yetkazib berish yoki tovarni turgan yerida sotib oluvchiga topshirish majburiyati kelib chiqmaydigan hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarni sotib oluvchiga yetkazib berish uchun tashuvchiga yoki aloqa tashkilotiga topshirish paytida sotuvchining tovarni sotib oluvchiga topshirish majburiyati bajarilgan hisoblanadi deb qayt etilgan.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                    R.M.Mirzaaxmedov