Янгиликлар
Tovarning tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfining o‘tishi to‘g‘risida
Tovarning tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfining o‘tishi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 392-moddasida:- Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarning tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi sotuvchi tovarni sotib oluvchiga topshirish bo‘yicha o‘z majburiyatini qonun yoki shartnomaga muvofiq bajargan deb hisoblangan paytdan boshlab sotib oluvchiga o‘tadi.
Agar taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, yo‘lda bo‘lgan paytida sotilgan tovarning tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi shartnoma tuzilgan paytdan boshlab sotib oluvchiga o‘tadi.
Oldi-sotdi shartnomasining tovar tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi u birinchi tashuvchiga topshirilgan paytdan boshlab sotib oluvchiga o‘tishi haqidagi sharti, agar shartnoma tuzilgan paytda sotuvchi tovar yo‘qolgani yoki shikastlanganini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa va bu haqda sotib oluvchiga ma’lum qilmagan bo‘lsa, sotib oluvchi talabiga ko‘ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin deb qayt etilgan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov