Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Sotuvchining tovarni uchinchi shaxslar huquqlaridan ozod holda topshirish majburiyati to‘g‘risida


Sotuvchining tovarni uchinchi shaxslar huquqlaridan ozod holda topshirish majburiyati to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 393-moddasida:- Sotuvchi tovarni sotib oluvchiga uchinchi shaxslarning har qanday huquqlaridan ozod holda topshirishi shart, sotib oluvchi uchinchi shaxslarning huquqlari bo‘lgan tovarni qabul qilishga rozilik bergan hollar bundan mustasno. Bu qoidani bajarmaslik sotib oluvchiga xarid narxini kamaytirishni yoki oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishni va ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilish huquqini beradi, sotib oluvchi bu tovarga uchinchi shaxslarning huquqlari borligini bilgani yoki bilishi lozim bo‘lgani isbotlanadigan hollar bundan mustasno.

Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar tovarni sotib oluvchiga topshirish paytida unga uchinchi shaxslarning da’volari borligi sotuvchiga ma’lum bo‘lgan hollarda ham, agar bu da’volar keyinchalik belgilangan tartibda qonuniy deb tan olingan bo‘lsa, tegishli ravishda qo‘llanadi deb qayt etilgan.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                    R.M.Mirzaaxmedov