Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”


“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi 247-son Prezident Qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Xitoy Hukumati, Qirg'iziston Vazirlar Mahkamasi va O'zbekiston Hukumati o'rtasida “Xitoy – Qirg'iziston –O'zbekiston” temir yo'li loyihasini birgalikda amalga oshirishda hamkorlik qilish to'g'risidagi Bitim tasdiqlandi.

Bitim 2024-yil 6-iyun kuni Pekin shahrida imzolangan.

Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Tojiqulova Nazokat