Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

“Qo'qon” EIZ hududi kengaytiriladi


“Qo'qon” EIZ hududi kengaytiriladi

 

“Qo'qon” erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 250-son Prezident Qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Farg'ona viloyatida import o'rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish maqsadida, Quvasoy shahri hokimligi zaxirasidagi jami 210,4 gektar yer uchastkalari hisobiga “Qo'qon” erkin iqtisodiy zonasi (“Qo'qon” EIZ) hududi kengaytiriladi.

“Qo'qon” EIZning kengaytirilayotgan hududining bosh rejasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, bunda:

➖“Qo'qon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” unitar korxonasi bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilanadi;

➖bosh reja loyihasini ishlab chiqish bo'yicha loyiha tashkiloti tender (tanlov) savdolari natijasiga ko'ra aniqlanadi.

2026-yil oxirigacha “Qo'qon” EIZning kengaytirilayotgan hududida kamida 1 mlrd AQSH dollari miqdorida investitsiyalar o'zlashtirilishi, 11,7 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratilishi, yiliga 965 mln AQSH dollari miqdorida qo'shimcha mahsulot ishlab chiqarish, shundan 313,6 mln dollarini eksportga yo'naltirish bo'yicha quvvatlar ishga tushirilishi ta'minlanadi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdug’apparov Abbos