Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Nogironlikni elektron tarzda belgilash tartibi yo'lga qo'yiladi


Nogironlikni elektron tarzda belgilash tartibi yo'lga qo'yiladi

“Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 257-son Prezident Qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-apreldan:

fuqarolarni TIEK ko'rigiga yo'llash uchun lozim bo'lgan amaldagi davolanish muddatlari bo'yicha talab bekor qilinadi hamda har bir kasallikning kechishi va turidan kelib chiqib alohida belgilanadi;

TIEK tomonidan kasbga, sportga va ta'limga tavsiya berish tartibi bekor qilinadi;

TIEKning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining muddatini uzaytirish hamda maxsus jihozlangan transport vositasini boshqarish layoqatini belgilashga oid funksiyalari davlat tibbiyot muassasalariga o'tkazilishi orqali tugatiladi;

18 yoshdan katta shaxslarga nogironlikni belgilashda nogironlikning muddati, sababi, tibbiy reabilitasiya tadbirlari, shuningdek, protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya qilishning texnik vositalariga muhtojligiga oid ma'lumotlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida shakllantiriladi.

2025-yil 1-sentyabrdan tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan faqat tibbiy hujjatlarga asosan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlikni shaxs sog'lig'ining holati va funksionallikni baholash natijalaridan kelib chiqib elektron tarzda belgilash tartibi yo'lga qo'yiladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Tojiqulova Nazokat