Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Sog'liqni saqlash vazirligida vazir maslahatchisi lavozimi joriy etiladi


Sog'liqni saqlash vazirligida vazir maslahatchisi lavozimi joriy etiladi

 

“Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 257-son Prezident Qarorga ko'ra, Sog'liqni saqlash vazirligi markaziy apparatida nogironligi bo'lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar ko'rsatilishi jarayonini muvofiqlashtirish bo'yicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

Shuningdek, asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo'lgan 3 ta shtat birligidan iborat sho''ba tashkil etiladi:

➖nogironlikning oldini olish tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

➖nogironlikni belgilash maqsadida shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o'tkazish uchun yuborish jarayonini muvofiqlashtirish;

➖VMK va oilaviy shifokorlar malakasi oshirilishini tashkil etish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;

➖oilaviy shifokorlar tomonidan TIEK ko'rigi uchun tibbiy hujjatlarni yuborish jarayonini raqamlashtirish va tegishli axborot tizimlari bilan integrasiya qilish jarayonini muvofiqlashtirish;

➖nogironligi bo'lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar, jumladan tibbiy reabilitasiya xizmatlarini ko'rsatish tizimini muvofiqlashtirish.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdug’apparov Abbos