Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi xodimlari rag'batlantiriladi


Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi xodimlari rag'batlantiriladi

 

“Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 257-son Prezident   Qarorga muvofiq, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2024-yil 1-oktyabrdan:

TIEK xodimlarini ular faoliyati samaradorligining eng muhim ko'rsatkichlari (KPI) bajarilishidan kelib chiqib rag'batlantirish tizimi yo'lga qo'yiladi;

ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) TIEKlarning vazifalari va shtat birliklari Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlarga o'tkazgan holda tugatiladi;

joylardagi TIEKlarga pediatr, psixiatr, ftiziatr shtatlari ajratiladi.

2025-yil 1-aprelgacha quyidagi vazirlik va idoralar nogironligi bo'lgan shaxslarni kasbga, ta'limga va sportga yo'naltirish tartibini ishlab chiqadi:

➖Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi – tarbiya va ta'limga yo'naltirish bo'yicha;

➖Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi – kasbga tayyorlash va yo'naltirish bo'yicha;

➖Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi – bandlikni ta'minlash bo'yicha;

➖Sport vazirligi, O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi va Sog'liqni saqlash vazirligi – ommaviy sport va parasportga yo'naltirish bo'yicha.

 

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Niyozov Abdurasul