Янгиликлар
Ajiniyoz Qo'siboy o'g'li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi
Ajiniyoz Qo'siboy o'g'li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi
“Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo'siboy o'g'li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to'g'risida”gi 258-son Prezident Qarori qabul qilindi .
Qarorga ko'ra, Ajiniyoz Qo'siboy o'g'li tavalludining 200 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanadi.
SHoir tavalludining 200 yilligini nishonlash hamda uning ijodiy merosini keng targ'ib qilish bo'yicha quyidagi vazifalarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi, jumladan:
shoirning “Tanlangan asarlar” to'plamini o'zbek va qoraqalpoq tillarida nashr qilish;
shoirning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan sahna asarlari hamda “Ajiniyoz” badiiy-publisistik filmini yaratish va ularning taqdimotlarini uyushtirish;
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida shoir muzeyini tashkil qilish;
Ajiniyoz Qo'siboy o'g'lining Mo'ynoq tumanidagi qabrini obodonlashtirish va unga yodgorlik o'rnatish, mazkur tumanda Ajiniyoz Qo'siboy o'g'li nomidagi ekopark barpo etish;
2024 yilning noyabr oyida Alisher Navoiy nomidagi hamda Berdaq nomidagi davlat akademik teatrlarida shoir tavalludining 200 yilligiga bag'ishlangan tantanali adabiy-badiiy xotira kechalarini tashkil etish.
Bo’ka tumani adliya bo’limi
YXKM bosh yuriskonsulti
Tojiqulova Nazokat