Янгиликлар
Xodimga ishlagan davriga olti oy boʻlmasa ham tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra navbatdagi mehnat taʼtil berilishi mumkin.
Xodimga ishlagan davriga olti oy boʻlmasa ham tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra navbatdagi mehnat taʼtil berilishi mumkin.
OʻZbekiston Respublikai Mehnat kodeksining 227-moddasiga asosan Birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat taʼtilidan foydalanish huquqi xodimda u ushbu ish beruvchida uzluksiz ishlagan olti oy oʻtganidan keyin yuzaga keladi. Birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat taʼtilidan foydalanish huquqi xodimda u ushbu ish beruvchida uzluksiz ishlagan olti oy oʻtganidan keyin yuzaga keladi.
Bundan tashqari agar xodim ariza yozsa ish beruvchi olti oy oʻtmay xodimga taʼtil berilishi shart boʻlgan holatlar bor. Yuqoridagi moddaning 3-qismiga koʻra:
???? ayollarga — homiladorlik va tugʻish taʼtilidan oldin yoki undan keyin;
???? oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bitta yoki undan ortiq bolani (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani) tarbiyalayotgan shaxslarga (yolgʻiz ota-onaga, shu jumladan beva ayollarga, beva erkaklarga, nikohdan ajralganlarga, muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning xotinlariga, ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslarga);
???? oʻn sakkiz yoshdan kichik boʻlgan shaxslarga;
???? rezervga boʻshatilganidan keyin uch oydan kechiktirmay ishga kirgan muddatli harbiy xizmatni oʻtagan sobiq harbiy xizmatchilarga;
???? 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari boʻyicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
???? I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimlarga;
???? ishdan ajralmagan holda taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotganlarga, agar ular oʻzining har yilgi mehnat taʼtilini imtihonlar, sinovlar (zachyotlar) topshirish, bitiruv malakaviy ishlarini, magistrlik dissertatsiyalarini, kurs, laboratoriya ishlarini va boshqa oʻquv ishlarini bajarish vaqtiga toʻgʻrilab olishni xohlasa;
???? jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida yoxud ichki hujjatlarda belgilangan boshqa hollarda boshqa xodimlarga.
Bir narsaga eʼtibor berish lozimki yuqoridagi xodimlar olti oy oʻtmay mehnat taʼtiliga ariza yozgan taqdirda ularning taʼtili toʻliq davomiylikda va toʻliq haq toʻlagan holatda beriladi. Masalan, II guruh nogironi boʻlgan xodim ishga kirdi va bir hafta oʻtgandan soʻng yillik mehnat taʼtilini olish uchun ariza yozdi bu holatda ish beruvchi xodimning arizasini rad qilishga haqli emas. Hodimga toʻliq mehnat taʼtili davomiyligida taʼtil beriladi va toʻliq taʼtil puli toʻlanadi.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh mutaxassisi B.B.Mavlanov