Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

DEKRET PULI” QANDAY HISOBLANADI?


DEKRET PULI” QANDAY HISOBLANADI?

Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani tayinlash va toʻlash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos boʻladi. Varaqa yoʻqolgan hollarda nafaqa uning oʻrniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (dublikat) asosida beriladi.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalar barcha hollarda xodimning haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi.

Nafaqalarni hisoblashda asos qilib olinadigan haqiqiy ish haqiga ish joyidan, sugʻurta badallari undirilib toʻlanadigan jami ish haqi toʻlovlari kiradi.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik taʼtili boshlangan oydan oldingi 12 oy davrida olgan va sugʻurta badallari chegirilgan barcha mukofotlarning 1/12 qismi nafaqa hisoblab chiqariladigan oylik ish haqiga qoʻshilib, oʻrtacha oylik ish haqi miqdori aniqlanadi.

12 oy toʻliq ishlamaganlar uchun “dekret puli” 75% toʻlanadi.

Mehnat kodeksining 404-moddasi 1-qismiga koʻra, “dekret puli” oʻrtacha oylik ish haqining 75 foizidan kam boʻlmagan miqdorda toʻlanishi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son qaroriga koʻra, 12 oydan koʻproq tanaffusdan soʻng mehnat faoliyatini qaytadan boshlovchi xodimlar uchun dekret puli 75 foiz toʻlanishi belgilangan.

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh mutaxassisi B.B.Mavlanov