Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021-yilda 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻ


 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021-yilda 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida" gi nizomga asosan quyidagilar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi:

fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan pedagog kadrlar;

oliy malaka toifa (bosh oʻqituvchi lavozimi)ga ega boʻlganidan soʻng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlar;

pedagogik faoliyat boʻyicha 25 yil va undan koʻp ish stajiga ega boʻlgan pedagog xodimlar;

yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan koʻp boʻlmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar;

pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan pensiya yoshiga toʻlgan pedagog kadrlar;

pedagogik faoliyat boʻyicha uch yildan kam boʻlgan ish stajiga ega pedagog kadrlar;

homilador ayollar, ular homilador boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

homiladorlik va tugʻish hamda bolani parvarish qilish taʼtillarida boʻlgan ayollar, ular taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar;

uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanishni oʻtayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;

mazkur Nizomning 8 va 9-bandlarida koʻrsatilgan pedagog kadrlar, ularga malaka toifasi toʻgʻridan-toʻgʻri berilgan yoki bir pogʻona oshirilgan vaqtdan boshlab keyingi besh yil davomida;

respublika va chet el davlatlariga oʻqishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilgan pedagog kadrlar;

ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlar asosida raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun eng kam miqdordagi ish oʻrinlariga zaxiraga olib ishga joylashtirilgan pedagog kadrlar, bu ish joylariga qabul qilingan kundan boshlab uch yil davomida.

Xodim ish stajingiz 25 yildan ortiqligi sababli va pensiyaga chiqishiga 5 yildan koʻp boʻlmagan muddat qolgani uchun siz attestatsiya imtixoniga jalb etilmaydi.

Fakat oʻz xohishiga binoan navbatdan tashkari attestatsiyada katnashishi mumkin.

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh mutaxassisi B.B.Mavlanov