Янгиликлар
Soliq qarzini undirish tartibi Talabnoma bosqichi
Soliq qarzini undirish tartibi Talabnoma bosqichi
Soliq kodeksining 115-moddasi talabi boʻyicha soliq organi soliq toʻlovchiga soliqlarni toʻlash muddati oʻtganidan keyin uch kundan kechiktirmay soliq qarzini uzish toʻgʻrisida talabnoma yuboradi.
Tadbirkorga talabnoma qachon yuboriladi?
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchi boʻlgan yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga tadbirkorlik faoliyati boʻyicha unda ushbu Kodeksning 100-moddasida nazarda tutilgan soliq qarzi yoki foizlar mavjud boʻlgan taqdirda yuboriladi.
Talabnomada qanday maʼlumotlar boʻladi?
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomada soliq boʻyicha qarz summasi, talabnoma yuborilayotgan paytga hisoblangan penyalar miqdori, jarimalar summasi, shuningdek soliq toʻlovchi talablarni bajarmagan taqdirda, soliq qarzini undirish va soliq majburiyati bajarilishini taʼminlash boʻyicha koʻriladigan choralar haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak.
Talabnoma yuborish muddatlari qanday?
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchiga ushbu qarz aniqlangan kundan eʼtiboran yoki soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha aniqlangan soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi qaror kuchga kirgan sanadan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay yuborilishi kerak. (SK-117-modda)
Talabnoma oʻzgartirilishi mumkin
SKning 118-moddasiga asosan Agar soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchiga yuborilganidan keyin ushbu talabnomada koʻrsatilgan soliqlar boʻyicha qarz summasi, penyalar yoki soliq haqidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarimalar summasi oʻzgarishiga olib kelgan holatlarni aniqlagan taqdirda, soliq organi ushbu soliq toʻlovchiga soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi aniqlashtirilgan talabnomani yuborishi yoxud ilgari yuborilgan talabnomani chaqirib olishi shart.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh mutaxassisi B.B.Mavlanov