Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Sudlar eʼtibor berishi kerak!


Sudlar eʼtibor berishi kerak!

Sudlarda xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan holatlar bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda sudlar xodimning sudga daʼvo arizasi yozishining oʻziga ham alohida eʼtibor qaratishi lozim. Chunki oʻz tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilgan xodim qanday qilib sudga mehnat shartnomasini bekor qilgan buyruqni gʻayriqonuniy deb topishni soʻrab sudga murojaat qilishi mumkin.

Aksariyat holatlarda sudlarda bugun mazkur masalaga eʼtibor qaratilmayapti va sudlar tomonidan ish beruvchiga xodimning sudga murojaat qilishini qanday izohlaysiz degan savol bilan murojaat qilmayapti.

Shuni unutmaslik kerakki, haqiqatda ish beruvchining tazyiqi, bosimi, majburlashi va qistashi bilan ishdan boʻshamagan xodim kamdan kam holatlarda sudga murojaat qiladi.

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh mutaxassisi B.B.Mavlanov