Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Oʻz hisobidan taʼtil olgan xodimni ishga chaqirib olish tartibi.


Oʻz hisobidan taʼtil olgan xodimni ishga chaqirib olish tartibi.

 

Koʻpchilikka maʼlum MK 241-moddasi bilan xodim va ish beruvchining kelishuviga koʻra xodimga ish haqi saqlanmaydigan taʼtil beriladi biroq, xodim ish jarayonida kerak boʻlib qolgani nuqtayi nazaridan ish buruvchi uni ishga chaqirib olmoqchi boʻlganda rasmiylashtirish qanday boʻladi?

Mehnat kodeksining 232-moddasida Hodimni har yilgi mehnat taʼtilidan chaqirib olish tartibi belgilangan. Biroq mazkur MKning 232-moddasini biz xodimni haqi saqlanmaydigan taʼtildan chaqirib olishga qoʻllay olmaymiz. Chunki moddaning nomidan ham maʼlumki mazkur modda faqat xodimni har yilgi mehnat taʼtilidan chaqirib olishni tartibga soladi.

Unda jarayon qanday tartibga solinadi? MKsining 241-moddasida Hodimning yozma arizasiga koʻra unga ish haqi saqlanmaydigan taʼtil berilishi mumkin boʻlib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanishi koʻrsatilgan. Eʼtibor berib qaraydigan boʻlsak, bu yerda asosiy masala xodim va ish beruvchining kelishuvida. Yaʼni oʻz hisobidan taʼtil olgan xodimni ham ishga chaqirib olish faqat kelishuv bilan amalga oshiriladi.

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh mutaxassisi B.B.Mavlanov