Янгиликлар
Xodim moddiy yomon ahvolga tushib qolganda 14 yillik foydalanilmay kelgan taʼtiliga kompensatsiya olish mumkinmi?
Xodim moddiy yomon ahvolga tushib qolganda 14 yillik foydalanilmay kelgan taʼtiliga kompensatsiya olish mumkinmi?
Mehnat kodeksning 234-moddasiga asosan Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillari uchun pulli kompensatsiya toʻlanadi. Bu yerda eʼtibor qilinishi kerakki, shartnoma bekor qilinganda deyilmoqda yaʼni qachonki mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan taʼtillari uchun pullik kompensatsiya toʻlanadi. Yaʼni foydalanilmagan taʼtilni olishda xodimning moddiy ahvoli roʻl oʻynamaydi. Biroq bu yerda bir yoʻl orqali xodimga oʻsha foydalanilmay qolib ketgan taʼtil pullarini toʻlab berish mumkin. U ham boʻlsa xodimni ishdan boʻshatib yana qaytib ishga olish orqali.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh mutaxassisi B.B.Mavlanov