Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Xodim oylikdan avansni olmasdan butun oylikni bitta qilib olishi mumkinmi?


Xodim oylikdan avansni olmasdan butun oylikni bitta qilib olishi mumkinmi?

Juda koʻp xodimlarni qiziqtiradigan savol boʻlsa kerak, chunki hamma ham oylikni bitta boʻlib tushishidan manfaatdor boʻladi. mazkur postda shu masalaga oydinlik kiritib oʻtamiz. Mehnat kodeksining 253-moddasiga asosan Hodimlarga ish haqi toʻlash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud boʻlmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam boʻlishi mumkin emas. Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, oʻn olti kundan koʻp boʻlmagan tanaffus bilan ikki qismga boʻlingan holda (boʻnakda va qolgan qismi miqdorida) toʻlanadi. koʻpchilik mazkur normani notoʻgʻri tushungan halda ish haqi toʻlash muddati jamoa shartnomasida har oyda bir marta toʻlaydigan qilib belgilasa boʻladi ekan degan notoʻgʻri tushunchaga boradi moddani oxirigacha oʻqib chiqmasdan.

Mazkur moddada Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, oʻn olti kundan koʻp boʻlmagan tanaffus bilan ikki qismga boʻlingan holda (boʻnakda va qolgan qismi miqdorida) toʻlanadi deb belgilangan. Yaʼni xodimga avans toʻlanishi shart hisoblanadi.

Koʻpchilik ish beruvchilar soʻrab qoladi agar xodimning oʻzi ariza yozib bersa, qanday boʻladi? Deb. Bu yerda ham xodim ariza yozsa ham yozmasa ham ahamiyati yoʻq ish beruvchi xodimga avans toʻlashi shart. Agar toʻlamagan taqdirda maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasiga asosan javobgarlikka tortiladi.

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh mutaxassisi B.B.Mavlanov