Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Xodimning taʼtildan chaqirib olishdagi oʻzigaxosliklar, bilish muxim boʻlgan qoidalar


Xodimning taʼtildan chaqirib olishdagi oʻzigaxosliklar,

bilish muxim boʻlgan qoidalar

Xodimda – 21 kalendar kundan iborat mehnat taʼtili mavjud. Bir hafta oʻtgach (7 kalendar kun), uning roziligi bilan ishlab chiqarish zarurati tufayli taʼtildan chaqirib olishni rasmiylashtirishdi. Taʼtilning 14 kalendar kuni qoldi, keyinchalik u taʼtildan foydalanishda davom etdi. Xodimni endi taʼtildan hatto uning roziligi bilan ham chaqirib olish mumkin emas. Unda taʼtilning faqat boʻlinmaydigan qismi qoldi – 14 kalendar kun.

Xodimga 25 kalendar kunlik taʼtil rasmiylashtirildi, shu jumladan 2-iyungacha. Ammo 10-iyun kuni ushbu taʼtil berilgan ish yili tugaydi. Bunday holda chaqirib olish noqonuniy boʻladi, chunki xodim ish yili tugashidan oldin taʼtilning majburiy 14 kalendar kunidan foydalanishga ulgurmaydi.

Chaqirib olish qanday rasmiylashtiriladi?

Xodimning yozma roziligi olinadi. Mehnat kodeksining 232-moddasida bunday rozilik qanday shaklda rasmiylashtirilishi kerakligi koʻrsatilmagan boʻlsa-da, mehnat nizosiga yoʻl qoʻymaslik uchun uni yozma ravishda olishingizni tavsiya qilamiz.

Alohida hujjat (ariza) rasmiylashtirish mumkin, unda xodim taʼtildan chaqirib olishni soʻraydi yoki chaqirib olishga rozilik bildiradi ("men taʼtildan chaqirib olishga eʼtiroz bildirmayman ..."). Agar rozilik dastlab xodimdan ogʻzaki qabul qilingan boʻlsa, u keyinchalik chaqirib olish buyrugʻida aks ettirilishi mumkin. Xodim "Qarshi emasman" deb yozadi va imzosini qoʻyadi.

Xodimning ushbu roziligi asosida buyruq chiqariladi va xodimga tanishtiriladi. Buyruqda chaqirib olish sababi koʻrsatilishi shart.

Agar tomonlar joriy yilda taʼtilning bir qismini berishga kelishib olishgan boʻlsa, buyruqda undan foydalanish uchun bir oy yoki aniq bir kalendar davrni belgilash mumkin. Agar taʼtildan foydalanishning kelgusi davrini darhol belgilashning iloji boʻlmasa, buyruqda taʼtilning foydalanilmagan qismi joriy ish yilida xodimning talabi boʻyicha uning arizasi asosida taqdim etilishini koʻrsatib oʻtiladi.

Agar tomonlar taʼtilning bir qismini keyingi ish yiliga koʻchirishga kelishib olishgan boʻlsa, ushbu shartni buyruqda koʻrsatish kifoya (masalan: "foydalanilmagan taʼtil kunlari keyingi ish yiliga oʻtkazilsin va taʼtillar jadvaliga muvofiq bir vaqtning oʻzida keyingi ish yili uchun taqdim qilinsin" degan mazmunda).

Taʼtillar jadvaliga maʼlumotlar kiritiladi: xodim taʼtildan chaqirib olinganligini koʻrsatib, chaqirib olish sanasini, chaqirib olish haqidagi buyruqning rekvizitlarini va taʼtilning qolgan qismidan foydalanishning boshlanish vaqtini koʻrsatib oʻtiladi.

Shu kabi maʼlumotlarni shaxsiy varaqaning III boʻlimiga "Navbatdagi taʼtillarni taqdim qilish" T-2 shakli boʻyicha kiritib boriladi.

Eʼtibor bering. Xodimning roziligi bilan uni taʼtilga chiqqan kunning ertasiga taʼtildan chaqirib olishingiz mumkin. Xodimni chaqirib olishga yoʻl qoʻyilmaydigan uning taʼtilda boʻlishining eng kam muddati belgilanmagan.

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh mutaxassisi B.B.Mavlanov