Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Atoqli olimlar, madaniyat va san’at sohasi vakillarining yubiley sanalarini keng nishonlash hamda ular faoliyatini targ‘ib etish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida


Atoqli olimlar, madaniyat va san’at sohasi vakillarining yubiley sanalarini keng nishonlash hamda ular faoliyatini targ‘ib etish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi 29.04.2022 yildagi “Atoqli olimlar, madaniyat va san’at sohasi vakillarining yubiley sanalarini keng nishonlash hamda ular faoliyatini targ‘ib etish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” VM-223-son-qarorga asosan: Mamlakatimiz ilm-fani, madaniyati va san’ati, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish yo‘lida faol ijod qilgan hamda bugungi kunda ham bu borada ibrat namunalarini ko‘rsatib kelayotgan atoqli adiblar, yozuvchi va shoirlar, bastakorlar, kino va teatr san’ati namoyondalarining ijodiy merosini o‘rganish hamda uni xalqimiz, ayniqsa, navqiron avlod vakillari o‘rtasida keng targ‘ib etish to‘g‘risida belgilangan.

Dasturga muvofiq belgilangan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etilishi yuzasidan davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

Dasturga ko‘ra belgilangan har bir yubiley sanalarni nishonlash yuzasidan olib borilayotgan tayyorgarlik ishlarini nazorat qilish;

Dasturga ko‘ra tadbirlarni zamonaviy texnologiyalardan keng foydalangan holda yuqori badiiy saviyada o‘tkazish ishlarini amalga oshirish;

          Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                              R.M.Mirzaaxmedov